Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishga rozilik
  1. Men o‘zimning shaxsga doir ma'lumotlarimni "ONIN CA" MChJ (Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak MFY, Labzak ko‘chasi, 64A-uy; STIR: 313009304) (keyingi o‘rinlarda — Operator) tomonidan quyida bayon etilgan shartlar asosida qayta ishlanishiga o‘z roziligimni beraman (keyingi o‘rinlarda — Rozilik).
  2. Mening roziligim aniq, mazmunli, xabardorlikka asoslangan, ongli va qat'iy hisoblanadi.
  3. Qayta ishlash uchun rozilik quyidagi shaxsga doir ma'lumotlarga (keyingi o‘rinlarda — ShM) nisbatan beriladi: familiya, ism, telefon raqami, elektron pochta manzili.
  4. ShMni qayta ishlashdan maqsad — Operatorning marketing tadqiqotlari sohasidagi xizmatlarini olish uchun arizalarni ko‘rib chiqish.
  5. Operator ShMni avtomatlashtirish vositalaridan foydalangan holda ham, bunday vositalarni qo‘llamasdan ham qayta ishlaydi hamda ShM bilan quyidagi harakatlarni amalga oshiradi: yig‘ish, yozib olish, tizimlashtirish, to‘plash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), chiqarib olish, foydalanish, uzatish (taqdim etish, kirishni ta’minlash), shaxssizlantirish, bloklash, o‘chirish, yo‘q qilish.
  6. Operator shaxsga doir ma'lumotlarni https://tezaro.uz/privacy-policy/ manzilida joylashtirilgan Maxfiylik siyosatiga muvofiq qayta ishlaydi.
  7. Rozilik u taqdim etilgan paytdan boshlab va chaqirib olingunga qadar amal qiladi.
  8. Men Operatorga info@tezaro.uz elektron pochta manziliga tegishli so‘rov yuborish orqali o‘z roziligimni chaqirib olishga haqliman. Operator arizani u olingan paytdan e’tiboran 10 (o‘n) ish kuni ichida ko‘rib chiqadi.