Ushbu Maxfiylik siyosati (keyingi o‘rinlarda – Siyosat) “ONIN CA” MChJ tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, https://tezaro.uz/ saytidan (keyingi o‘rinlarda – Sayt) foydalanishda shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
1. Atamalar va ta’riflar:
Shaxsga doir ma’lumotlar (SHDM) – to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita aniqlangan yoxud aniqlanayotgan jismoniy shaxsga (shaxsga doir ma’lumotlar subyektiga) taalluqli har qanday ma’lumot;
Shaxsga doir ma’lumotlar subyekti – Sayt foydalanuvchisi;
Operator – Sayt ma’muri, “ONIN CA” MChJ (STIR: 313009304, yuridik manzili: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak MFY, Labzak ko‘chasi, 64A-uy; STIR: 313009304)
Shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash – shaxsga doir ma’lumotlar bilan amalga oshiriladigan har qanday harakat yoki harakatlar majmui, jumladan, yig‘ish, yozib olish, tizimlashtirish, to‘plash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), chiqarib olish, foydalanish, uzatish (tarqatish, taqdim etish, ruxsat berish), shaxssizlantirish, bloklash, o‘chirish, yo‘q qilish;
Qonunchilik – O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunchiligi
1. Siyosatda qo‘llaniladigan atamalar
Sayt - https://tezaro.uz/ manzilida va quyi domenlarda joylashgan hamda Operator tomonidan boshqariladigan internet tarmog‘idagi resurs.
Foydalanuvchi - Saytdan foydalanadigan hamda o‘z shaxsga doir ma'lumotlarini qayta ishlash uchun Operatorga taqdim etgan muomalaga layoqatli jismoniy shaxs, yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor.
Shaxsga doir ma’lumotlar - Foydalanuvchi Saytdagi shakllarni to‘ldirish vaqtida taqdim etadigan, bevosita yoki bilvosita aniqlangan yoki aniqlanishi mumkin bo‘lgan jismoniy shaxsga oid har qanday ma’lumot.
Cookie-fayl - Foydalanuvchi tashrif buyurgan Saytdan brauzerga uzatiladigan matn parchasi.
2. Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishga rozilik.
2.1. Foydalanuvchining Saytdan amalda foydalanishi uning Siyosatga hamda unda ko‘rsatilgan shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berish shartlariga so‘zsiz roziligini anglatadi. Ushbu shartlarga rozi bo‘lmagan taqdirda, Foydalanuvchi Saytdan foydalanishni to‘xtatishi lozim.
2.2. Foydalanuvchi erkin, o‘z irodasi bilan va o‘z manfaatini ko‘zlab, Saytdagi shakllar orqali ma’lumot yuborish bilan Siyosatni qabul qiladi va Operatorga o‘zining shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berish uchun rozilik beradi.
2.3. Foydalanuvchining “Arizani yuborish” tugmasini bosaman, men shaxsga doir ma'lumotlarimga Maxfiylik siyosati shartlariga muvofiq ishlov berilishiga rozilik bildiraman” katakchasiga belgi qo‘yishi Siyosat qabul qilinganligining hamda shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishga rozilik berilganligining tasdig‘i hisoblanadi.
3. Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish shartlari
3.1. Operator Foydalanuvchining quyidagi umumiy shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov beradi: ismi, familiyasi, elektron pochta manzili va telefon raqami.
Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishdan maqsad – Foydalanuvchining Operator xizmatlarini olish uchun arizasiga ishlov berish.
Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish muddati – shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish maqsadiga erishilgunga yoki ishlov berishga berilgan rozilik chaqirib olingunga qadar.
3.2. Foydalanuvchining shaxsga doir ma'lumotlarining maxfiyligi saqlanadi. shaxsga doir ma'lumotlar umumfoydalanishdagi ma’lumot hisoblanmaydi va faqat Siyosatda ko‘rsatilgan maqsadlarda qo‘llaniladi.
3.3. Shaxsga doir ma'lumotlar Foydalanuvchining roziligini olmasdan uchinchi shaxslarga berilmaydi.
3.4. Operator Foydalanuvchining shaxsga doir ma'lumotlarini bunday turdagi ma’lumotlarni himoya qilishga qo‘yiladigan talablarga muvofiq, barcha zarur texnik va ma’muriy choralarni qo‘llagan holda himoya qiladi.
3.5. Foydalanuvchining shaxsga doir ma'lumotlariga avtomatlashtirilgan usulda ishlov beriladi. Bu shaxsga doir ma'lumotlarni yig‘ish, qayd etish, tizimlashtirish, to‘plash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), ajratib olish, foydalanish, uzatish (tarqatish, taqdim etish, kirishni ta’minlash), shaxssizlantirish, bloklash, o‘chirish va yo‘q qilishni o‘z ichiga oladi.
3.6. Operator shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish maqsadiga erishgach yoki Foydalanuvchi ishlov berishga bergan roziligini chaqirib olgach, Foydalanuvchining shaxsga doir ma'lumotlarini o‘z ma’lumotlar bazalaridan o‘chirish yo‘li bilan yo‘q qiladi.
3.7. Operator, ma’lumotlarni olish usulining o‘ziga xosligi sababli, Foydalanuvchi taqdim etgan shaxsga doir ma'lumotlarning to‘g‘riligini tekshirmaydi va ularning aktualligini nazorat qilmaydi. Operator Foydalanuvchi ishonchli shaxsga doir ma'lumotlarni taqdim etadi, deb hisoblaydi. Noto‘g‘ri yoki aktual bo‘lmagan shaxsga doir ma'lumotlarni taqdim etish uchun butun javobgarlik, shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlar Foydalanuvchining zimmasida bo‘ladi.
4. Cookie-fayllar haqida ma’lumot
4.1. Operator IP-manzil, sahifaga tashriflar soni, til sozlamalari, Foydalanuvchi ishlatadigan uskuna va dasturiy ta’minotning texnik xususiyatlari, Saytga kirish, so‘ralgan sahifalar manzillari va boshqa shu kabi ma’lumotlarni saqlash uchun cookie-fayllardan foydalanadi. Cookie-fayllar Foydalanuvchi haqidagi maxfiy ma’lumotlarni saqlash uchun ishlatilmaydi va Foydalanuvchining shaxsini aniqlashga qaratilmagan. Operator tomonidan yig‘iladigan barcha ma’lumotlar anonimdir.
4.2. Operatorning cookie-fayllardan foydalanish maqsadlari:
Foydalanuvchilar faolligi bo‘yicha statistika;
Saytning ish unumdorligi va samaradorligini oshirish;
Saytdagi xatolarni tahlil qilish va tuzatish, Saytning barcha resurslari ishini yaxshilash;
Sayt resurslarining xavfsizligi va yaxlitligini ta’minlash.
4.3. Foydalanuvchi veb-brauzer sozlamalarida cookie-fayllarni o‘chirib qo‘yishi mumkin (brauzer sozlamalarini cookie-fayllarni standart tarzda o‘rnatishni bekor qiladigan qilib o‘zgartirishi mumkin). Foydalanuvchi cookie-fayllarni o‘chirib qo‘yish Saytning avtorizatsiyani talab qiladigan qismlariga kirish imkoniyatini yo‘qqa chiqarishi mumkinligini e’tiborga olishi kerak.
5. Maxfiylik siyosatiga o‘zgartirish kiritish
5.1. Operator Maxfiylik siyosatiga o‘zgartirishlar kiritishga haqli. Joriy tahrirga o‘zgartirishlar kiritilganda, oxirgi yangilanish sanasi ko‘rsatiladi.
5.2. Siyosatga kiritilgan o‘zgartirishlar Maxfiylik siyosatining yangi tahriri Saytda e’lon qilingan kunning ertasidan boshlab kuchga kiradi. Foydalanuvchi kiritilgan o‘zgartirishlarga rozi bo‘lmasa, u Saytdan foydalanishdan voz kechishi shart.
5.3. Foydalanuvchi istalgan vaqtda info@tezaro.uz elektron pochta manziliga o‘zining familiyasi, ismi va elektron pochta manzilini ko‘rsatgan holda xat yuborish orqali shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berishga bergan roziligini chaqirib olishga haqli. Operator ko‘rsatilgan chaqirib olish to‘g‘risidagi xabar kelib tushgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan oshmaydigan muddatda Foydalanuvchining shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berishni to‘xtatadi.